"Milan" qaysi futbolchisini transferga qo‘ymoqchi?

  • 10 noyabr, 2019, 19:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Milan” klubi yarim himoyachisi Frank Kessi qishki transferlar davrida jamoani tark etishi mumkin.

Tecno

La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “rossonerilar” rahbariyati 22 yoshli Kot-d’Ivuar terma jamoasi futbolchisidan tezroq qutulish payiga tushishgan.

Ta’kidlash kerakki, Kessi bugun bo‘lib o‘tadigan “Milan” – “Yuventus” uchrashuvi qaydnomasiga kiritilmadi. Gap shundaki, Kessining ayni damdagi jismoniy va ruhiy holati jamoa rahbariyatini qoniqtirmayapti.

Ma’lumotlarga qaraganda “Milan” Kessini taxminan 30-35 mln evroga sotib yuborishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Kessiga “Arsenal” va “Monako” klublaridan qiziqishlar borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!