“Milan” "Real" futbolchisini tekinga olmoqchi
“Milan” rahbariyati “Real” bilan shartnomasi yozda yakunlanadigan Lukas Vaskesni erkin agent sifatida A Seriyaga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirmoqchi bo‘lyapti.
Yaqinda madridliklar bosh murabbiyi Zinedin Zidan bu futbolchi jamoaga katta foyda keltirayotganini aytib, uni qo‘yib yubormasligini, klub rahbariyati yangi shartnoma taklif qilishi kerakligini bildirgandi.
Milanliklar 29 yoshli ispan futbolchisini manfaatli shaxsiy shartnoma yordamida o‘ziga moyil qilmoqchi. Qolaversa, “Qirollik klubi” hali Lukas Vaskesni jamoada qolishga ko‘ndira olgani yo‘q. Dastlabki, muzokaralarda tomonlar kelisha olmagan.
Fikrlar