"Milan" "San-Siro"da kambek amalga oshirdi
A Seriya 8-turidan o‘rin olgan "Milan" - "Verona" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur o‘yinda milanliklar 0:2 hisobini o‘yin yakuniga qadar 3:2 holatiga o‘zgartira oldi.
Dastlab mehmonlar Kaprarining goli evaziga 7-daqiqada hisobni ochdi. 24-daqiqada Antonin Barak farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. Shundan so‘ng "rossonerilar" o‘yinni tubdan o‘zgartirdi. Jiru va Kesse o‘z gollari bilan hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, "Verona" futbolchisi Gyunter 78-daqiqada o‘z darvozasini ishg‘ol etib, "Milan"ga 3 ochko qo‘lga kiritish uchun "yordamlashib yubordi".
Ushbu natijadan keyin Pioli shogirdlari A Seriya turnir jadvalida 22 ochko to‘plagan holda, peshqadamga aylanib oldi. "Verona"da 8 ochko bor va ular 12-o‘rinda joylashgan.
Fikrlar