"Milan" Shvetsariyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi

  • 15 avgust, 16:06
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyaning "Milan" klubi Shvetsariya terma  jamoasi va "Yang Boyz" klubi himoyachisi Zakari Atekameni sotib olganini e’lon qildi.

Tecno

Klub matbuot hizmati ma’lum qilishicha, "rossonerilar" 20 yoshli futbolchi bilan 2030 yilgacha mo‘ljallangan sharnoma imzolagan. Futbolchi milanliklar safida 24-raqam ostida xarakat qiladi. Atekame o‘tgan mavsumda "Yang Boys" safida harakat qilgan va 43 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. Shvetsariya yoshlar terma jamoasida esa 10 ta o‘yinda maydonga tushgan.

Eslatib o‘tamiz, "Milan" A Seriyaning o‘tgan mavsumini 8-o‘rinda yakunlab evrokuboklar yo‘llamasini qo‘lga kirita olmagan edi. "Rossonerilar" yangi mavsumdagi ilk o‘yinini "Kromoneze"ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!