"Milan" sobiq futbolchisini ortga qaytarmoqchi
PSJ markaziy himoyachisi Tiago Silva yangi mavsumda sobiq klubi "Milan"ga qaytishi mumkin, deya xabar bermoqda Tuttosport.
2009-2012 yillar mobaynida "rossonerilar" safida to‘p surgan braziliyalik futbolchi milanliklar bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.
Frantsiya chempionati muddatidan avval yakuniga etgani hisobga olinsa, Silvaning PSJ bilan shartnomasi deyarli yakuniga etdi. Tomonlar kelishuvni uzaytirish bo‘yicha olib borgan muzokaralari noma’lum sabablarga ko‘ra to‘xtab qoldi.

Fikrlar