"Milan" so‘nggi 7 mavsumdagi eng yomon startni qayd etdi
"Milan" klubi joriy mavsum startidagi 8 ta turda bor yo‘g‘i 10 ochko to‘pladi xolos.
Opta statistik portalining xabar berishicha bu “rossonerilar”ning so‘nggi 7 yil ichidagi eng yomon starti bo‘ldi.
Aytish lozimki, milanliklar 2012/13 yilgi mavsumning dastlabki 8 ta turida 7 ochko to‘plashgan va o‘sha mavsumni 3-o‘rinda yakunlashgan edi.
Ayni damda esa “Milan” 10 ochko bilan musobaqa jadvalida 12-o‘rinda bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, qoniqarsiz natijalardan so‘ng Marko Jampaolo “Milan” bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarilib, o‘rniga Stefano Pioli tayinlandi.

Fikrlar