
"Milan" yangi stadion qurish uchun joy izlamoqda
Milan shahri meri Juzeppe Sala “Milan” klubi o‘ziga yangi stadion qurish uchun joy qidirayotgani haqida aytib o‘tdi.
“Milan” hamon ma’qul joy izlamoqda. Chunki ular “Inter”dan farqli ravishda yangi stadion qurishni xohlashmoqda. Men bu masalani yozgi ta’til paytida hal qilib berishga harakat qilaman. “San Siro”ning boshqa yirik shaharlardagi stadionlar darajasida emasligi ko‘ngilni biroz xira qiladi. Ammo bu shahar ko‘rkiga-ko‘rk qo‘shib turgan ajoyib bino. Lekin shu bilan birga yangi stadion ham shahar uchun foydali bo‘lar edi”, - deydi mer.
Fikrlar