
"Milan" yosh yulduzi uchun APL klublari kurashmoqda
"Milan" hujumchisi Rafael Leau faoliyatini Angliya Premer-Ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Fichajes" nashri xabar tarqatdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, forvard xizmatiga APLning ikki klubi qiziqish bildirmoqda. "Nyukasl" va "Arsenal" Leauni yozda xarid qilishga tayyor.
Joriy mavsum 22 yoshli futbolchi "rossonerilar" safida A Seriyada 21ta o‘yinda maydonga tushib, 7ta gol urgan hamda 3ta golga assistentlik qilgan.
Fikrlar