
"Milan" yozda 2 ta futbolchini tekinga qo‘lga kiritmoqchi
"Milan" rahbariyati yozgi transferlar davrida jamoa tarkibini 2 nafar erkin agent bilan kuchaytirmoqchi.
Tuttosport nashrining xabar berishicha, "rossonerilar" mavsum yakunlangach "Portu" yarim himoyachisi Otavio hamda "Marsel" yarim himoyachisi Florian Tovenni erkin agent sifatida tekinga o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Aytish lozimki, ushbu ikki futbolchining hozirgi klublari bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi.
25 yoshli Otavioning ayni damdagi transfer narxi 21 mln evro, 28 yoshli Tovenniki esa 32 mln evroni tashkil etadi.
Fikrlar