"Milan" yulduzi APLga yo‘l olishi mumkin

  • 19.04.2023 10:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Milan” himoyachisi Teo Ernandes yozgi transfer oynasida “rossonerilar” safini tark etishi mumkin. TodoFichajes nashri xabariga ko‘ra, 25 yoshli frantsiyalik futbolchi faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Manbaga ko‘ra, Ernandesga bir vaqtning o‘zida bir necha ingliz klublaridan takliflar bo‘lmoqda. Ammo gap aynan qaysi jamoalar haqida ketayotgani ochiqlanmagan.

Aytish kerakki, Teo Ernandesning transferi uning xaridorlariga qimmatga tushadi. Boisi transfermarkt portali talqiniga ko‘ra fransiyalik himoyachini 60 million evroga baholanmoqda.

Ernandes joriy 2022/2023 yilgi mavsumda "Milan" safida jami 35 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 3 ta gol urdi va sheriklariga 5 ta golli uzatma berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!