"Milan" "Yuventus" futbolchisini xarid qilmoqchi
"Yuventus" himoyachisi Merix Demiral faoliyatini "Milan"da davom ettirishi mumkin.
Ma’lum bo‘lishicha, milanliklar yozdan beri qiziqayotgan turk futbolchisi uchun yanvarda 30 mln evro taklif qilishmoqchi.
Buning uchun, "Milan" 2 futbolchisini sotishiga to‘g‘ri keladi. Bular: Frank Kessie va Rikardo Rodriges.
Shu qatorda, Demiralning transferi uchun Janluijji Donnarumma xizmatlarining ham nomzodi aralashish ehtimoli yo‘q emas.
Turinliklar "Milan" klubiga Daniele Ruganini taklif qilishgan edi, biroq "rossoneri"larni faqat Demiralning xizmatlari qiziqtirmoqda.
Ma’lumot uchun, 21 yoshli turkiyalik futbolchiga "Manchester Yunayted" va "Arsenal" klublari ham qiziqish bildirishgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Merix Demiral joriy mavsum A Seriyada faqat 1 ta uchrashuv o‘tkazdi holos.



Fikrlar