
"Milan"ga qarshi uchrashuvda Eldor Shomurodovning o‘yini qanday baholandi? (Foto)
A Seriya 11-turida "Roma" o‘z maydonida "Milan"ni qabul qildi. Qiziqarli kechgan bahsda milanliklar 2:1 hisobida zafar quchdi.
Dastlab Zlatan Ibragimovich jarima zarbasidan so‘ng hisobni ochdi. Keyin mehmonlar dan Frank Kesse hisobni yana bittaga oshirdi.
Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqada Stefan El-Shaaravi bitta gol urdi. Ammo bu rimliklarga durang uchun kamlik qildi. Shuni ham qayd etish kerakki, "Milan" vakili Teo Ernandes 66-daqiqada chetlatilgandi.
Hamyurtimiz Eldor Shomurodov 80-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shildi.
Statistika bilan shug‘ullanuvchi whoscored.com nashri ushbu o‘yinda harakat qilgan futbolchilarga ball qo‘ydi. 10-daqiqa maydonda to‘p tepgan hamyurtimizning o‘yini 6.1 ballga loyiq ko‘rildi.
Fikrlar