Milner: Messi meni eshak degan
"Liverpul" xavbeki Jeyms Milner EChL yarim finalidan o‘rin olgan "Barselona"ga qarshi o‘yinda kataloniyaliklar forvardi Lionel Messi bilan yuzaga kelgan janjal haqida gapirib o‘tdi.
“Messi o‘sha vaziyatdan norozi edi. Tanaffus payti tunelda menga ispan tilida nimalardir dedi. U meni “burro” deb aytdi. Bu ispan tilidan tarjima qilinganda xuddi “eshak” degan ma’noni bildirar ekan. Ammo, bu so‘z shuningdek futbol maydonidagi qahramonlar uchun ham ishlatilar ekan”, - deydi Milner.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” yarim finalda ikki o‘yin natijasiga ko‘ra “Liverpul”ga imkoniyatni boy bergan edi.
Fikrlar