Mirahmadov 4 ta gol urgan o‘yinda "Bunyodkor" qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi

  • 21 iyul, 2021, 21:36
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun “Bunyodkor” klubi rejaga ko‘ra, pro-liga vakili “Xorazm”ga qarshi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi.

Tecno

Garchi bu o‘rtoqlik o‘yini bo‘lsa-da, uchrashuv juda qiziqarli va gollarga boy tarzda kechdi. E’tiborlisi, bu uchrashuv “Bunyodkor” hujumchisi Mirjahon Mirahmadovga ataldi.

bunik1

Avvaliga ushbu futbolchi jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. So‘ngra “Xorazm” futbolchilari uch marotaba gol urgan holda hisobni o‘zgartirib yubordilar. Shunga qaramay, “Bunyodkor” taslim bo‘lmadi. Mirahmadov yana katta sahnaga chiqqan holda birin-ketin raqib darvozasini ishg‘ol qildi va yakuniy hisob 4:3 “Bunyodkor” foydasiga. Pokerga erishgan Mirjahon Mirahmadovning bir o‘zi “Xorazm”ni mag‘lub etdi, deyish mumkin.

“Bunyodkor”ning asosiy tarkibi: Zafar Safoev, Farhod Mirahmatov, Lutfulla To‘raev, Abdulla Abdullaev, Davronjon Ergashev, Avazbek O‘lmasaliev, Odiljon Abdurahmonov, Xurshid G‘iyosov, Ibrohim Tomiva, Farruh Ikromov, Mirjahon Mirahmadov.

Eslatib o‘tamiz, Mirahmadov Superliga o‘yinlari davomida hozirgacha "Bunyodkor" safida 9 ta o‘yinda 3 ta golga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!