Mirjalol Qosimov: "Haqli tarzda 3 ochkoni qo‘lga kiritdik"
Superliganing 11-turidan o‘rin olgan "Olimpik" - OKMK o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda mehmonlar yagona gol evaziga g‘alaba qozondi. O‘yinning 82-daqiqada G‘iyoson penaltidan gol urib, hisobni ochdi. Shu tariqa, olmaliqliklar turnir jadvalida birinchi o‘ringa chiqib oldi. "Olimpik" esa 10-pog‘onadan joy oldi.
Uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"O‘yinlar oson o‘tmayapti. "Olimpik" 3 kun avval "Dinamo" ustidan g‘alabaga erishgan edi. Shu sababli, birinchi bo‘limda ancha qiynaldik. Mezbonlarning ikki zarbasidan so‘ng to‘p to‘singa tegdi.
Tanaffusda futbolchilarga kerakli ko‘rsatmalarni berdim va ikkinchi taymda o‘yin tizginini o‘z qo‘limizga oldik hamda haqli tarzda 3 ochkoga ega chiqdik. "Olimpik" va olimpiya terma jamoamizga hal qiluvchi musobaqada ham omad tilab qolaman", - dedi Qosimov.
Fikrlar