Misr Afrika futboli tarixidagi beshinchi muvaffaqiyatni qayd etdi

  • 04.07.2026 08:11
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Misr terma jamoasi Jahon chempionati 1/16 finalida Avstraliyanı penaltilar seriyasida mag‘lub etib, 1/8 finalga yo‘l oldi. Shu tariqa, misrliklar mundial tarixida pley-off bosqichidan o‘ta olgan Afrikaning beshinchi terma jamoasiga aylandi.
⠀
Bu yo‘ldagi ilk tarixiy natija 1990 yilda Kamerun tomonidan qayd etilgan edi. Italiyada o‘tgan mundialda kamerunliklar barchani hayratda qoldirib, chorak finalgacha yetib borgan.
⠀
Keyingi muvaffaqiyat 2002 yilda Senegal hissasiga to‘g‘ri keldi. Afrika vakili o‘zining debut Jahon chempionatidayoq chorak finalga chiqishga muvaffaq bo‘lgan.
⠀
2010 yilda Ghana yarim finalga chiqishga juda yaqin kelgandi. Biroq chorak finalda Urugvayga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berib, tarixiy natijadan bir qadam ortda qolgan.
⠀
So‘nggi yillarda esa Marokash Afrika futbolining yangi ramziga aylandi. Jamoa 2022 yildgi mundialda ikki pley-off bahsida g‘alaba qozonib, yarim finalgacha yetib borgan bo‘lsa, 2026 yildgi Jahon chempionatida ham pley-off bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tishga erishdi.
⠀
Endi esa Misr ham ushbu nufuzli ro‘yxatdan joy oldi va Afrika futbolining Jahon chempionatlaridagi yana bir muhim sahifasini yozdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!