Misr futbolchisi halok bo‘lishiga oz qoldi
Misr milliy terma jamoasi himoyachisi Muhammad Xani 2026 yildgi jahon chempionati 1/16 final bosqichida Avstraliyaga qarshi o‘yin paytida hushini yo‘qotdi.
Ikkinchi taym boshlarida Xani o‘z jarima maydoni ichida raqiblar bilan havodagi kurashga kirdi va bosh qismiga zarba qabul qildi. Shundan so‘ng u gazonga quldi.
Misr terma jamoasi o‘yinchilari darhol jamoadoshiga yordam berish uchun yoniga yetib bordi, shundan keyin ularga jamoa tibbiy shtabi shifokorlari qo‘shildi.
Tezkor tibbiy yordamdan so‘ng Xani o‘ziga keldi va o‘yinni davom ettirishga o‘zida kuch topa oldi.
Bu bahsda Muhammad Xani o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘yganligi bilan ham esda qoldi.

Fikrlar