MMA afsonasi: "Arman Tsarukyan bilan jang qilish juda xavfli"

  • 22.09.2026 17:34
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Daniyel Kormye UFC yulduzdi Arman Tsarukyaning  "UFC 331" turniridagi g'alabasi bilan tabrikladi.

"Jo Rogan Armannni Betmen deb atadi va endi bu uning yangi laqabiga aylandi.

Bilasiz, men bilan jang qilish xavfli edi, chunki men oktagonga o'z hayotimni, farzandlarim va butun oilamning taqdirini o'zgartirish uchun kirardim. Lekin mazkur ehtiyojga ega bo'lmagan yigit bilan kurashish, masalan, Arman Tsarukyan bilan, yanada xatarli bo'lishi mumkin. U – boy, unga pul kerak emas, Arman bundan zavq oladi. Bu aqlbovar qilmas holat, u har chiqishida yanada kuchliroq bo'lib bormoqda. Shuning uchun Tsarukyanni tabriklayman", — deya Kormyenig so'zlarini keltirdi "MMAJunkie".

Eslatib o'tamiz, Arman Tsarukyan "UFC 331" turnirida Braziliya vakili Maurisio Ruffini 1 raunddayoq nokautga uchratdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!