
MMA. Ankalaev Pereyraga qarshi jang qaerda o‘tkazilishini xohlamoqda?
UFC'da yarim og‘ir vazn toifasida ishtirok etayotgan rossiyalik taniqli aralash jangchi Magomed Ankalaev ushbu divizionda promoushen chempioni braziliyalik Aleks Pereyra bilan ehtimoliy jang haqida gapirdi.
“Hozircha aniq sana yo‘q. Viza bilan bog‘liq muammolar ham yo‘q, kirishga ruxsatim bor. Shuning uchun jangni AQShda o‘tkazish variantlardan biridir. Lekin Pereyra bilan jang Abu-Dabida bo‘lishini istardim. Bu men uchun eng yaxshi joy”, - dedi Ankalaev MMA Junkie v YouTube kanaliga bergan intervyusida.
Anqalaev ayni damda UFC'ning yarim og‘ir vazn toifasida reytingda ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Pereyra esa yaqinda UFC prezidenti Dana Uaytning vazn toifasidan qat’i nazar eng yaxshi jangchilar reytingida amerikalik Jon Jonsni ortda qoldirib, ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Fikrlar