MMA bo‘yicha havaskorlar o‘rtasida O‘zbekiston Kubogi final janglari: Matnli translyatsiya

  • 27 sentabr, 2020, 17:21
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Buxoro shahri havaskorlar o‘rtasida O‘zbekiston Kubogi turniriga mezbonlik qilmoqda. Ayni daqiqalarda qadimiy shahrimizda joylashgan "Turon" mexmonxonasida ilk bora o‘tkazilayotgan ushbu turnirning final janglarini o‘tkazish uchun tayyorgarlik ketmoqda. 

Ma’lumki, O‘zbekiston Kubogi bahslari 16-17 yoshlilar va 18 hamda undan kattalar o‘rtasida bo‘lib o‘tmoqda. 16-17 yosh toifasida sportchilar 9 ta vazn toifasi ya’ni, 52, 57, 61,2, 65,8, 70,3, 77,1, 83,3, 93, 120 kgda g‘oliblik uchun bahs yuritayotgan bo‘lsalar, kattalar 10 ta vaznda yuqoridagi vazn toifasiga +120 kg ham qo‘shilgan holda, mazkur turnir chempionligi uchun shiddatli janglarda ishtirok etmoqdalar.  

Xullas, bir necha daqiqalardan so‘ng, 19 ta jangning guvohiga aylanamiz. 

Dastlab, yoshlar o‘rtasidagi janglar o‘tkaziladi. O‘zbekiston Kubogi final janglarining ilk ishtirokchilari 16-17 yoshli sportchilar o‘rtasida 52 kg vazn toifasida hal qiluvchi bahslarga qadar etib kelgan, Samarqand vakili Aslam Ortiqov hamda Toshkent viloyati sportchisi Husan Ortiqovlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. 

Bu vazn toifasida 3-o‘rinni xorazmlik Nodirbek Abdullaev va Toshkent shahri vakili Saidakmal Salamanov qo‘lga kiritdilar.

Arena final janglariga tayyor!

kuubok

Janglar soat 18:00 dan start olishi kutilmoqda...

18:12 - Ba’zi tashkiliy masalala yuzasidan, janglarning boshlanishi biroz kechiktirilmoqda.

18:19 - Yana 5 daqiqadan so‘ng, tarixiy O‘zbekiston kubogi final janglariga start beriladi.

18:22 - Demak, boshlanmoqdaaa...

18:23 - Dastlabki juftlik taklif qilindi. 16-17 yoshlilar o‘rtasida 52.2 kg vazn toifasida Samarqand vakili Aslam Ortiqov va uning raqibi Toshkent viloyati sportchisi Husan Ortiqovlar chiqib kelmoqda.

18:24 - Birinchi raund bongi chalindi va jang boshlandi. 

18:30 - Ikkinchi raund boshlandi. 

18:34 - Ikkinchi raund yakunlandi. Bu raundda Samarqand vakili katta ustunlikka erishdi. Qo‘l va oyoqda bir qator aniq zarbalar yo‘llash barobarida "teyk-daun"larni amalga oshira oldi. 

18:35 - So‘ngi hal qiluvchi 3-raund boshlandi.

18:39  3- raundda ham samarqandlik Aslam Ortiqov raqibiga xech qanday imkoniyat qoldirmadi. Lou-kik va xay-kik zarbalari mo‘ljalga etib bordi. "Parter"da ham ustunlik qildi.

18:39 -G‘olibni e’lon qilindi. Kutilganidek, Samarqand vakili Aslam Ortiqov 3:0 hisobida g‘alaba qozondi va tarixiy O‘zbekiston Kubogi musobaqasi g‘olibiga aylandi.  

18:41 - Navbatdagi juftlik taklif qilindi. 

18:42 - 56,7 kg vazn toifasi: Jamshid Tilyaev (Navoiy) - Sardorbek Ro‘ziev (Samarqand).

18:43 - Birinchi raund boshlandi.

18:46 - Jang birinchi raunddayoq o‘z yakuniga etdi. Samarqandlik Sardorbek Ro‘ziev og‘riqli usul evaziga jangni o‘z foydasiga hal qildi. U o‘z vazn toifasida O‘zbekiston Kubogi g‘olibiga aylandi.

18:47 - Navbatdagi juftlik chiqib kelmoqda. 

18:48 - 61,2 kg  vazn toifasi: Qobiljon Jo‘raxolov (Navoiy) - Ozod Azimov (Buxoro).

18:50 - Birinchi raundga start berildi.

18:53 - Birinchi raund yakunlandi. Bu raundda ustunlik Buxoro vakili tarafida bo‘ldi. 

18:54 - ikkinchi raund boshlandi.

18:57 - Birinchi raundda ham hakam tomonidan ogohlantirilgan Navoiy vakili, ikkinchi raundda ham shunday tarzda bir ochkosidan mahrum bo‘ldi. 

18:57 - Ikkinchi raund yakunlandi. Bu raundda ham ustunlik buxorolik jangchida bo‘ldi. U "parter"da raqibiga qiyinchiliklar tug‘dirishda davom etmoqda. 

18:59 - Uchinchi raund boshlandi.

19:03 - Jang yakunlandi. G‘olib, buxorolik Ozod Azimov bo‘ldi. U chempion!

19:04 - Navbatdagi juftlik, 65,8 kg vazn, Behruz Usmonov (Qashqadaryo) - Ho‘jaqul Ergashev (Navoiy)

19:06 - Birinchi raundga start berildi. 

19:09 - Dastlabki raund o‘z yakuniga etdi. Faollik Qashqadaryo vakilida bo‘lsa-da, navoiylik sportchi qarshi hujumlarda bir necha bor aniq zarbalarni amalga oshirdi.

19:12 - 2-raund boshlandi.

19:15 - Raund yakunlandi. Ustunlik Qashqadaryo vakili tarafida bo‘ldi.

19:16 - 3-raund boshlandi.  

19:21 - Mazkur jang ham o‘z nihoyasiga etdi. Hakamlar qaroriga ko‘ra, qashqadaryolik Behruz Usmonov g‘alaba qozondi va turnir chempioniga aylandi!

19:23 - Navbatdagi juftlik, 70,3 kg vazn toifasi, Olimjon Toshkanov (Toshkent viloyati) - Abbos Rasuljonov (Toshkent shahri).

19:24 - Birinchi raundga start berildi. 

19:27 - Raund yakunlandi. Faollik Toshkent shahri vakilida bo‘ldi. Qolaversa, aniqlik va "parter"da ham yaxshi ishladi. Biroq raund yakunlanishiga oz qolganda Toshkanov raqibini og‘riqli usulga tushira oldi. Lekin Rasuljonov bu urinishga bardosh berdi.

19:29 - Ikkinchi raundning dastlabki soniyalaridayoq jang yakunlandi. Birinchi raunddagi og‘riqli usulga tushib qolishi o‘z ta’sirini o‘tkazdi va Toshkent shahri vakili imkoniyatni boy berib qo‘ydi. G‘olib Toshkent viloyati vakili Olimjon Toshkanov bo‘ldi va u endi ilk O‘zbekiston Kubogining chempioni hisoblanadi.

19:31 - Hozir, yakunlangan janglarning g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi va keyin navbatdagi janglar davom etadi. 

19:55 - Navbatdagi juftlik, 77.1 kg vazn toifasi: Doniyor Olimov (Navoiy) - Shahzodho‘ja Sharipov (Buxoro)

19: 57 - Birinchi raund boshlandi. 

20:00 - Raund yakunlandi. Ustunlik Navoiy vakili tarafida bo‘ldi. 

20:01 - 2-raundga start berildi. 

20:05 - Raund yakunlandi. Bu safar Buxoro vakili faollik ko‘rsatib, bir nechta "teyk-daun"larni amalga oshirdi.

20:06 - 3-raund boshlandi. 

20:08 - Jang muddatidan avval yakunlandi. 3-raundning so‘ngi daqiqalarida ketma-ket zarbalarga passiv qarshilik ko‘rsatgan Navoiy vakili mag‘lubiyatga uchradi. Muzaffar Rajabov shogirdi Shahzodho‘ja Sharipov chempionga aylandi. 

20:12 - Navbatdagi juftlik, 83,9 kg vazn toifasi: Jonibek Namozov (Qashqadaryo) - Xursand Ho‘jaqulov (Surxondaryo)

20:13 -Birinchi raund boshlandi.

20:16 - Raund o‘z yakuniga etdi. Yaqqol ustunlik Namozov tarafida bo‘ldi. 

20:17 - 2-raund start oldi.

20:19 - Jang muddatidan avval yakunlandi. Ikkinchi raundning so‘ngi daqiqalarida bo‘g‘ish uslubi bilan Qashqadaryo vakili g‘alabaga erishdi. U ham endi ilk O‘zbekiston Kubogining chempioni hisoblanadi.

20:22 -  Navbatdagi juftlik, 93 kg vazn toifasi: Rustam Shorahmatov  (Surxondaryo) - Mirsaid Erkinov (Sirdaryo)

20:23 - Birinchi raund boshlandi. 

20:25  Jang birinchi raunddayoq o‘z nihoyasiga etdi. Surxondaryo vakili bo‘g‘ish uslubi evaziga g‘alaba qozondi. U ham endi chempion!

20:27 - Navbatdagi juftlik, 120 kg vazn toifasi: Asror Anvarjonov(Andijon) - Shahboz Mo‘minov (Jizzax).

20: 29 - Birinchi raund boshlandi.

20:33 - Raund yakunlandi. Qisman ustunlik Andijon vakili tarafida bo‘ldi. 

20:34 - 2- raund start oldi.

20:36 - Jang muddatidan avval yakunlandi. Ikkinchi raund boshida ketma-ket yo‘llagan zarbalari evaziga Asror Anvarjonov jang taqdirini hal qildi va u og‘ir vazn toifasi chempioniga aylandi. 

20:37 - Bu 16-17 yoshlilar o‘rtasidagi so‘ngi jang edi. Hozir taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi va kattalar o‘rtasidagi janglarga start beriladi. 

21:12Kattalar o‘rtasidagi final janglariga start berildi.

21:14 Dastlabki juftlik, 52, 2 kg vazn toifasi Feruz Mansurov (Jizzax) - Sherzod Shamsutdinov (Navoiy) 

21:15 - Birinchi raund boshlandi.

21:16 - Jang birinchi raunddayoq yakunlandi. Navoiy vakili Shamsutdinov raqibiga xech qanday imkoniyat qoldirmagan holda, g‘alabaga erishdi. U tarixiy musobaqaning ushbu vazn chempioniga aylandi!

21:18 - Navbatdagi juftlik, 56,7 kg vazn toifasi, Ilyosjon Hasanov(Samarqand) - Fahriddin Hasanov (Toshkent).

21:20 - Birinchi raund boshlandi.

21:23 - Raund yakunlandi. Ustunlik Samarqand vakili tarafida bo‘ldi. U jang boshida "teyk-dun"ni amalga oshirdi va "parter"da raqibini qiyin ahvolga solib qo‘ydi. 

21:25 - Ikkinchi raundga start berildi.

21:30 - Raund yakunlandi. Bu safar Toshkent vakilida ustunik bo‘ldi. 

21:31 - Uchinchi raundga start berildi. G‘olibga ushbu raund oydinlik kiritib beradi.

21:38 - Hal qiluvchi raund ham o‘z yakuniga etdi va g‘olib aniqlandi. Jangda sezilarli ustunlikka erishgan, Ilyosjon Hasanov g‘alaba qozondi va o‘z vazn toifasida chempionga aylandi. 

21:39 - Navbatdagi juftlik, 61,2 kg vazn toifasi: Murod Jo‘raev(Surxondaryo) - Islom Olimjonov (Farg‘ona).

21:41 - Birinchi raund boshlandi.

21:47 - Raund yakunlandi. Qisman ustunlik Surxondaryo vakili tomonida bo‘ldi, desak yanglishmgan bo‘lamiz. Chunki, bir nechta "teyk-daun"larni oxiriga etkaza oldi.

21:48 - Ikkinchi raund boshlandi.

21:49 - Jang muddatidan avval yakunlandi. Surxondaryolik sportchi ikkinchi raundda raqibiga imkoniyat qoldirmadi va hakam jangni to‘xtatdi. Murod Jo‘raev chempion!

21:52 - Navbatdagi juftlik, 65.8 kg vazn toifasi: Bobur Abrayqulov(Surxondaryo) - Olim Normurodov (Navoiy).

21:54 - Birinchi raund boshlandi.

21:59 - Jang dastlabki raundning o‘zidayoq nihoyasiga etdi. Navoiy vakili Olim Normurodov bo‘g‘ish uslubi bilan raqibini tasli etdi. Endi u ham tarixiy musobaqaning chempioni sanaladi. 

22:00 - Darvoqea, kattalar o‘rtasidagi janglar raundi 5 daqiqadan...

22:02 - Navbatdagi juftlik, 70,3 kg vazn toifasi: Daler Yuldashev(Jizzax) - Behruz Akbarov (Toshkent).

22:04 - Birinchi raundga start berildi.

22:06 - Jang birinchi raundning ikkinchi daqiqasida o‘z yakuniga etdi. Toshkent vakili Behruz Akbarov og‘ritish uslubi bilan g‘alaba qozondi va chempionga aylandi. 

22:30 - Navbatdagi juftlik, 77,1 kg vazn toifasi, Munis Mo‘minjonov(Samarqand) - Asadbek Hikmatov (MXSK).

22:33 - Birinchi raund boshlandi.

22:38 - Raund o‘z yakuniga etdi. Jang teng kurashlar ostida o‘tdi. 

22:39 - Ikkinchi raund boshlandi.

22:41 - Jang yakunlandi. Ikkinchi raundning ikkinchi daqiqasida texnik nokaut evaziga Munis Mo‘minjonov g‘alaba qozondi va chempion bo‘ldi. 

22:43 Navbatdagi juftlik, 83.9 kg vazn toifasi, Saidotaxon Nuruddinov (Navoiy) - Quvondiq Yusupov (Xorazm).

22:46 - Birinchi raund boshlandi. 

22:51 -Raund yakunlandi. Jang qizg‘in va shiddatli kechdi. Birortasida ustunlik yo‘q, teng kurashlar ostida kechdi.

22:52 - Ikkinchi raund boshlandi.

22:58 - Raund yakunladi. Bu raundda qisman Navoiy vakili ustunlik qildi.

22:59 - Uchinchi raund boshlandi.

23:04 - Raund yakunlandi. Teng kurashlar ostida kechgan jangda, hakamlar qaroriga muvofiq Navoiy vakili g‘alaba qozondi va chempionga aylandi. 

23:06 - Navbatdagi juftlik, 93 kg vazn toifasi: Jasur Jo‘raev(Andijon) - Botir Xoliyorov (Qashqadaryo). 

23: 09 - Birinchi raund boshlandi.

23:12 - Jang yakunlandi. Birinchi raundning o‘zida Qashqadaryo vakili texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi va chempion bo‘ldi.

23:14 - Navbatdagi juftlik, 120,2 kg vazn toifasi: O‘ktam Abduxoliqov (Toshkent viloyati) - Husniddin Hakimov (Navoiy).

23:16 - Birinchi raund boshlandi.

23:18 - Jang birinchi raundning dastlabki soniyalaridayoq yakunlandi. Navoiy vakili Hakimov texnik nokaut evaziga g‘olib chiqdi va chempionlikka erishdi.

23:20 - Navbatdagi juftlik, +120 kg vazn toifasi: Ixtiyorjon Xolmurodov (Toshkent viloyati) - Hakimjon Ismoilov (Samarqand).

23:21 - Birinchi raund boshlandi.

23:23 - Jang birinchi raundning dastlabki daqiqalarida yakunlandi. Xolmurodov texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi va eng og‘ir vazn toifasi chempioniga aylandi. 

23:25 - Shu bilan Buxoro shahrida tashkil etilgan MMA bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi o‘z yakuniga etdi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!