
MMA bo‘yicha Osiyo chempionatining 1-kunida O‘zbekistonliklar 3 ta medalni qo‘lga kiritdi!
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Baxraynning Manama shahrida MMA bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tyapti. Ushbu musobaqada ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi 12-13, 14-15 yosh toifasida umumjamoa hisobida 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
12-13 yosh toifasida 44 kgda Hurshid Koirov 1- o‘rinni qo‘lga kiritdi. Muhammadsafo Ho‘jamiyarov 37 kg vaznda bronza medalini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 14-15 yoshlarda Marvarid Kamilova kumush medalni delagatsiyamiz tarkibiga qo‘shib qo‘ydi.
Bugun, 16-17 yosh toifasida 2 nafar vakilimiz oktagonga ko‘tariladi. Oldinda 20 yoshgacha va undan kattalar o‘rtasidagi bellashuvlar ham kutib turibdi.
Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!
Fikrlar