MMA: O‘zbekiston kubogining yarim final bahslari o‘z yakuniga etdi

  • 26 sentabr, 2020, 21:52
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Buxoro shahri MMA bo‘yicha havaskorlar o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi bahslariga mezbonlik qilmoqda. Turnirning saralash bahslari o‘z yakuniga etib, qizg‘in pallaga etib keldi. Bugun, yarim final janglari bo‘lib o‘tdi. Unda quyidagi natijalar qayd etildi.

16-17 yosh toifasidagilar:

Yarim final

52, 2 kg

1.Aslam Ortiqov (Samarqand)- Abdullaev Nodirbek (Xorazm) – ushbu jangda Samarqand vakili g‘alaba qozondi.

2. Husan Ortiqov (Toshkent vil) – Saidakmal Salamanov (Toshkent shahri)- Toshkent viloyati vakili g‘alaba qozondi.

56.7 kg

1. Jamshid Tillaev (Navoiy) – Egambergan Iskandarov (Xorazm) – navoiylik sportchi g‘olib chiqdi.

2. Sardorbek Ro‘ziev (Samarqand) – Sanjar Zokirov (Toshkent vil) – ushbu to‘qnashuvda samarqandlik jangchi g‘alaba qozondi.

61.2 kg

1. Avrangzeb To‘raqulov ( Toshkent vil) – Qobiljon Jo‘raxolov (Navoiy) - mazkur jangda Jo‘raxolov zafar quchdi.

2. Bunyod G‘ulomov (Sirdaryo) – Ozod Azimov (Buxoro) – ushbu bahsda Buxoro vakili g‘alabaga erishdi.

65.8 kg

1. Behruz Usmonov (Qashqadaryo) – Arseniy Starostin (Toshkent) – Bu jangda Usmonov zafar quchdi.

2. Xo‘jaqul Ergashev (Navoiy) – Suhrob To‘raev (MXSK) – mazkur to‘qnashuvda Ergashev g‘alaba qozondi.

70.3 kg

1. Otabek Roziqov (Farg‘ona) – Olimjon Toshkanov (Toshkent vil) – bu bahsda Toshkanov g‘olib bo‘ldi.

2. Botir Boltaev (Navoiy) – Abbos Rasuljonov (Toshkent) – ushbu to‘qnashuvda Toshkent shahri vakili g‘alabaga erishdi.

77.1 kg

1. Jamshid Otamurodov (Sirdaryo) – Doniyor Olimov (Navoiy) – mazkur bahsda Navoiy vakili zafar quchdi.

2. Shahzodxo‘ja Sharipov (Buxoro) – Muhammadali Mustafoev (Toshkent vil) – bu bahsda Buxoro vakili g‘alaba qozondi.

83.9 kg

1. Jonibek Namozov (Qashqadaryo) - Amirbek Qo‘ldoshev (Buxoro) – mazkur jangda Namozov g‘olib bo‘ldi. 

2. Xursand Ho‘jaqulov ( Surxondaryo) – Musinjon Mo‘minjonov (Samarqand) – bu to‘qnashuvda Surxondaryo vakili g‘alabaga erishdi.

93 kg

1. Rustam Shorahmatov (Surxondaryo) – Sarvar Dadashev ( Toshkent vil) – mazkur bahsda surxondaryolik sportchini qo‘li baland keldi.

2. Muhammadjon G‘aniev (Farg‘ona) – Mirsaid Erkinov ( Sirdaryo) – ushbu jangda Erkinov g‘alaba qozondi.

120.2 kg

1. Asror Anvarjonov (Andijon) – Nurillo Abdullaev (Farg‘ona) – bu to‘qnashuvda Andijon vakili g‘olib chiqdi.

2. Shahboz Mo‘minov (Jizzax) - Shohjahon Alponov (Qashqadaryo) - ushbu jangda Jizzax vakili g‘alaba qozondi.

18 yosh va undan kattalar:

Yarim final:

52.2 kg

1. Vitaliy Ten (Toshkent) – Feruz Mansurov (Jizzax) – ushbu bahsda Jizzax vakili g‘alaba qozondi.

2. Sherzod Shamsutdinov (Navoiy) – No‘monjon Nuruddinov (Toshkent vil) –mazkur jangda Shamsutdinov g‘alabaga erishdi.

56.7 kg

1. Sardor Nurov (Navoiy) – Ilyosjon Hasanov (Samarqand) – bu jangda Samarqand vakili g‘olib chiqdi.

2. Fahriddin Hasanov (Toshkent) – Odilxon Inomov (Namangan) – mazkur to‘qnashuvda toshkentlik sportchi g‘alaba qozondi.

61.2 kg

1. Murod Jo‘raev (Surxondaryo) – Farruhjon Olimjonov (Navoiy) – bu jangda Jo‘raev zafar quchdi.

2. Husniddin Sattorov ( Jizzax) – Islom Olimjonov (Farg‘ona) – ushbu bahsda Farg‘ona vakili g‘alaba qozondi.                                 

65.8 kg 

1. Davlatjon Xamraev ( Samarqand) – Bobur Abrayqulov (Surxondaryo) – bu jangda Surxondaryo  vakili g‘alabaga erishdi.

2. Olim Nomurodov (Navoiy) – Otabek Toxirov (Andijon) – ushbu bahsda Navoiy vakili zafar quchdi.

70.3 kg

1. Daler Yuldashev (Jizzax) – Rustam Mamatqulov (MXSK) – bu to‘qnashuvda Jizzax vakili g‘alaba qozondi.

2.Shukirillo Rustamov (Andijon) – Behruz Akbarov (Toshkent) –mazkur jangda Akbarov g‘olib chiqdi.

77.1 kg

1. Munis Mo‘minjonov (Samarqand) – Samandar Sattorov (Toshkent vil) – ushbu bahsda Samarqand vakili g‘alabaga erishdi.

2. Asadbek Hikmatov (MXSK) – Umar Alibekov (Sirdaryo) – bu bahsda Hikmatov g‘olib chiqdi.

83.9 kg

1. Saidotoxon Nuriddinov (Navoiy) – Zafarjon Axrorov (Samarqand) – mazkur jangda Navoiy vakili g‘alaba qozondi.

2. Quvondiq Yusupov (Xorazm) – Mirxosil Yuldashev (Toshkent vil) – bu bahsda Xorazm vakili g‘alabaga erishdi.

93 kg

1. Botir Xoliyorov (Qashqadaryo) – Humoyun Aliqulov ( Sirdaryo) – mazkur to‘qnashuvda Qashqadaryo vakili g‘olib chiqdi.

2. Erali Abraev (Samarqand)- Jasur Jo‘raev (Andijon) – ushbu bahsda Andijon vakili g‘alaba qozondi.

120.2 kg

1. O‘ktam Abduxoliqov (Toshkent vil) – Eldor Xudoyberdiev (Surxondaryo) – bu jangda Abduxoliqov zafar quchdi.

2. Husniddin Hakimov (Navoiy) – Samandar Japarov(MXSK) – ushbu jangda Hakimov g‘alaba qozondi.

+120,2 kg

1. Abduvali Yaqubov (Sirdaryo) – Haimjon Ismoilov (Sirdaryo) – mazkur bahsda Sirdaryo vakili g‘alaba qozondi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!