MMA. "Yirtqich" birinchi raundda raqibini mag‘lub etdi
Avvalroq, 27 yanvar kuni Qozog‘istonning Almati shahrida “Underdog” promousheni tomonidan MMA kechasi o‘tkazilishi va mazkur jang kechasida o‘zbekistonlik O‘g‘iloy Nasimova ham oktagonga ko‘tarilishi haqida xabar berib o‘tgan edik.
Narpaylik O‘g‘iloy Nasimova oktagonga ko‘tarildi. 58 kg vazn toifasida jang qilgan yurtdoshimiz birinchi raundda mezbonlar vakilasi Gulmira Sabirjanova ustidan g‘alaba qozondi.
Jang olib borish uslubiga muvofiq, “Xishnik” (Yirtqich) deya nom olgan Nasimova professional faoliyati mobaynida 5ta jang o‘tkazgan. Natija 4 g‘alaba va bir mag‘lubiyatdan iborat.
Mazkur g‘alaba bilan hamyurtimizni tabriklaymiz.
Fikrlar