
Modrich: "Birinchi o‘yindan so‘ng hali hech narsa hal bo‘lmadi"
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Luka Modrich Evropa chempionlar ligasi yarim finalida “Manchester Siti”ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Birinchi o‘yin “Santyago Bernabeu” stadionida bo‘lib o‘tdi va 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
“Biz ko‘proq narsaga loyiq edik. Birinchi o‘yindan keyin hali hech narsa hal bo‘lgani yo‘q. Finalga chiqish imkoniyati teng - 50 ga 50”, - deydi xorvatiyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, "Manchester Siti"ning "Real"ga qarshi javob bahsi 17 aprel sanasida Manchester shahrida, "Etihad" stadionida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar