
Modrich ham Pelening o‘limidan so‘ng o‘z ta’ziyasini bildirdi
Madridning "Real" klubi etakchilaridan biri Luka Modrich jahon futboli afsonasi Pelening vafoti haqida gapirdi. Sobiq hujumchi saraton kasalligi bilan uzoq davom etgan kurashdan so‘ng 83 yoshida vafot etdi.
"Pele tarixdagi eng buyuklardan biri. U futbol qiroli edi. U abadiy afsona bo‘lib qoladi. Tinchlan, Pele", - deb yozdi xorvatiyalik futbolchi ijtimoiy tarmoqda.
Ma’lumot uchun, Pele 29 dekabr, payshanba kuni vafot etdi. U to‘g‘ri ichak saratoni tufayli paydo bo‘lgan asoratlar oqibatida vafot etdi. Pele - tarixda uch marta jahon chempioni bo‘lgan yagona futbolchi hisoblanadi. Braziliya terma jamoasi safida u 92 ta o‘yin o‘tkazib, 77 ta gol urgan.
Fikrlar