Modrich kelajagi borasida bir qarorga keldi

  • 1 fevral, 2023, 20:04
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Luka Modrich "Real"ni tark etmaydigan bo‘ldi. 

Avvalroq, Madrid klubi yarim himoyachisi "An-Nasr" taklifini rad etgandi. Riyodliklar unga yillik 40 million evro maosh to‘lashga tayyor edi. 

"AS" xabariga ko‘ra, xorvatiyalik futbolchi Saudiya Arabistoni hamda MLS klubidan yangi taklif olgan. Biroq xavbek ularni rad etgan. Ma’lum bo‘lishicha, Luka yana bir mavsum "Real"da qolmoqchi. 

Modrichning "Real" bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi. 


Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!