Modrich "Real"ni tark etishi mumkin

  • 8 mart, 2023, 06:20
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid futbolchisi Luka Modrich mavsum so‘nggida klubni tark etishi mumikn. Bu haqda "FootMercato" nashri xabar bermoqda. Madrid jamoasi va yarim himoyachi o‘rtasida yangi bitim borasida muzokaralar o‘tkazilmayapti.

Tecno

Manbaning ta’kidlashicha, Modrichga "An-Nasr" qiziqish bildirmoqda. Saudiya Arabistoni klubi agar 37 yoshli xorvat erkin agentga aylansa, uni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga tayyor.

Ma’lumot uchun, Modrich "Real" tarkibida 11 yildan beri to‘p tepib kelmoqda. U ushbu mavsum "Qaymoqranglilar" safida 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 5 ta assist amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!