Modrich: "Terma jamoa bilan ilk sovrinni qo‘lga kiritish orzuim ro‘yobga chiqadi"

  • 15.06.2023 18:55
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Luka Modrich Xorvatiya terma jamoasining Millatlar ligasi finaliga chiqqanini yuqori baholadi.

Yarim finalda xorvatlar Niderlandiyani mag‘lub etdi (qo‘shimcha vaqt 4:2).

Biz o‘zimiz xohlagandek o‘yin o‘tkazdik. Balki dastlabki 20 daqiqada biz xohlagandek bo‘lmagandir, lekin keyin yaxshi harakat qildik. Kramarich gol urganidan keyin maksimal tezlikni ishga tushirdik va juda yaxshi o‘ynadik.  

Finaldagi g‘alaba aql bovar qilmaydigan yutuq bo‘ladi, ammo endi o‘zini to‘g‘ri tiklash va o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish muhim. Ertaga finalda kimga raqib bo‘lishini ko‘ramiz. Terma jamoa tarixidagi ilk sovrinni qo‘lga kiritish orzuim ro‘yobga chiqadi”, — dedi Xorvatiya terma jamoasi sardori.

Eslatib o‘tamiz, bugun tunda Italiya va Ispaniya terma jamoalari Millatlar ligasi finali uchun bellashadi. Uchrashuv 23:45da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!