Modrichga Italiyaning super klubidan xaridor chiqdi

  • 25 may, 16:43
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich madridning "Real" klubini tark etgach, Italiya chempionatiga yo‘l olishi mumkin. Bu haqda "Fichajes" nashri xabar bermoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, 39 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishda Milanning "Inter" klubi jiddiy qiziqish bildirgan. "Nerazzurri" uni erkin agent sifatida shartnoma asosida olishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Luka 2012 yildan beri "qirollik klubi" safida harakat kelayotgan edi. U shu vaqt mobaynida jamoa bilan 6 marta Chempionlar ligasini, 4 marta La Liga chempionligini qo‘lga kiritdi. Ushbu mavsumda Modrich La Ligada 35 ta o‘yinda qatnashib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!