Modrichning 10-raqamini kim olishi mumkinligi ma’lum

  • 24 iyun, 20:08
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi Kilian Mbappega 10-raqamli libosni berish variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, "qaymoqranglilar" rahbariyati bu raqam frantsuz hujumchisining imidjini yanada oshirishiga ishonmoqda. Shuningdek, 10-raqam Mbappening jamoaning bosh yulduzi sifatidagi maqomini bildirib turadi.

Hozirda 26 yoshli futbolchi 9-raqam ostida harakat qilmoqda. Luka Modrich esa Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidan keyin "Real"ni tark etadi va 10-raqam bo‘sh qoladi.

O‘tgan mavsumda Mbappe barcha musobaqalarda 56 ta o‘yinda maydonga tushib, 43 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor bahosi 180 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!