
"Monako" "Arsenal"ning burchak zarbasini osonlikcha zararsizlantirdi
"Arsenal" 2023-2024 yilgi mavsumdan buyon burchak zarbasidan raqib darvozasiga 22 ta gol kiritdi.
UEFA Chempionlar ligasining 6-tur doirasida "to‘pchilar" "Monako" ustidan yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu to‘qnashuvda esa Angliya klubi standart vaziyatlardan foydalana olishga muvaffaq bo‘lmadi. Frantsiya klubining ustozi Xatter o‘zining sxemasi bilan bu masalaga echim bera oldi.
Ya’ni burchak zarbasidan to‘pni o‘yinga kiritib berayotganda 3 nafar hujumchi maydon markaziga yaqin joylashib olishdi. Bu esa londonlik himoyachilarining ortga qaytib, qarshi hujumni oldini olishini ta’minlaydi. Shu orqali hujumdagi keskinlik yo‘qolib, xavfli vaziyat bo‘lishini bartaraf etadi.
Shu kungacha Arteta boshchiligidagi klub standart paytlarda raqib jarima maydonchiga to‘planib, darvozani ishg‘ol qilishayotgan edi. Bu voqea "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Sporting", "Fulhem" va boshqa jamoalarga qarshi ham ish bergan.
Eslatib o‘tamiz, "Arsenal" bu mavsum APLda 15 ta turdan so‘ng 8 ta g‘alaba, 5 ta durang va 2 ta mag‘lubiyat qayd etib, 29 ochko jamg‘ardi va 3-o‘rinni band qilib turibdi.
Fikrlar