"Monako" bugun 2 ta futbolchining transferini e’lon qiladi

  • 29 yanvar, 2020, 15:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Monako" klubi bugun 29 yanvar kuni 2 ta futbolchining transferini e’lon qiladi. Bu haqda L’Equipe nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra monakoliklar "Strasbur" yarim himoyachisi Yussuf Fofan va "Bordo" yarim himoyachisi Orelen Tchuamenini tarkibga qo‘shib olishadi. Ushbu ikki futbolchining transferi esa “Monako”ga jami hisobda 35 mln evroga tushishi aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, 21 yoshli Fofan joriy mavsum Frantsiya chempionatida 13 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi. 20 yoshli Tchuameni esa 15 ta o‘yinda ishtirok etib jamoasining 1 ta goliga assistentlik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!