"Monako" Ikardiga yiliga 7 mln evro maosh taklif qilmoqda
Milanning "Inter" klubi forvardi Mauro Ikardi faoliyatini Fratsniya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Soccer Link nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 26 yoshli argentinalik futbolchiga "Monako"dan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda. Ular xatto bu masalada Ikardining agenti bilan ham uchrashishgan. “Monako” unga yiliga 7 mln evro maosh taklif qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Ikardiga shuningdek “Napoli”, “Roma” va “Yuventus” klublaridan ham takliflar bor.
Ma’lumot uchun, Ikardi o‘tgan mavsum “Inter”da 37ta o‘yinda maydonga tushdi va 17ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar