"Monako" "Real" futbolchisini ko‘zlamoqda

  • 29 iyul, 2019, 03:29
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Leonardu Jardim boshchiligidagi "Monako" klubi "Real" forvardi Mariano Diasni sotib olmoqchi.

Mariano Dias "Real"dan ketishi uchun sabab bo‘ladigan jihati jamoa bosh murabbiyi Zidan dominikanlik xujumchiga ishonch bildirmasligidur.

Shimoliy Amerikadagi yig‘in davomida "Real" uchta o‘yin o‘tkazdi("Arsenal", "Bavariya" va "Atletiko") va birortasida ham Dias maydonga tushirilmadi.

Zidan Marianoga chiqish eshiklarini ochiqchasiga ko‘rsatmaydi. Ammo haqiqat asilda boshqacha.

Mariano "Real"ni yaxshi ko‘radi va asosiy tarkib uchun kurashishda davom ettirishni xohlaydi. Ammo Zidanning ishonchsizlik bildirishi va "Monako" taklifi Liga 1 da mashxur bo‘lgan forvardning fikrini o‘zgartirishi mumkin. U erda futbolchi 2017/18 yilgi mavsumni "Lion" tarkibida o‘tkazgan. Aynan o‘sha kezlar Mariano o‘z faoliyatidagi eng yorqin mavsumni o‘tkazgan. "Lion" uchun 45 o‘yinda 21 ta gol urib, 7 ta assistlik vazifasini bajargan.
Falkao "Monako"dan ketish ehtimoli yuqori. Aynan ushbu forvard Frantsiya klubini tark etgach, Dias borasida ikki klub muzokaralar o‘tkazadi. Agar forvard ketsa, bu "Real"dan ketgan to‘qqizinchi futbolchiga aylanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!