"Monako" "Real" ko‘zlayotgan futbolchi bilan shartnoma imzoladi

  • 20.12.2019 10:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Monako" klubi o‘zining rasmiy sayti orqali himoyachi Benua Badyashil bilan amaldagi shartnoma uzaytirilgani haqida e’lon qildi.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra tomonlarning yangi kelishuvi 2024 yilga qadar imzolangan.

Qayd etish lozimki, 18 yoshli frantsiyalik futbolchiga “Real” Madriddan qiziqishlar mavjud edi.

Ma’lumot uchun, Badyashil “Monako” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asosiy jamoada 2018 yil debyut qilgan. U o‘tgan davr mobaynida jami 40 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!