"Monako"ni rossiyalik murabbiy boshqarishi mumkin

  • 19.08.2019 14:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Monako" klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi lavozimiga rossiyalik mashhur mutaxassis Leonid Slutskiy nomzodini ko‘rib chiqmoqda.

Rus nashrlari tarqatgan xabarga ko‘ra 48 yoshli mutaxassis monakoliklarning amaldagi ustozi Leonardu Jardimning o‘rnini egallashi mumkin. Aytish kerakki, mavsum startidagi ikkala uchrashuvda qayd etilgan yirik hisobdagi mag‘lubiyatlardan so‘ng portugaliyalik mutaxassisning kursisi ancha qimirlab qoldi.

Ma’lumot uchun, Slutskiy ayni damda Gollandiyaning “Vitess” klubini boshqarmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!