“Montsa”ga qarshi Shomurodovning ko‘rsatkichlari qanday bo‘ldi?

  • 25 fevral, 06:43
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Italiya A Seriyasining 26-turi doirasida “Roma” “Montsa” bilan bahs olib borib, yirik 4:0 hisobida muvaffaqiyatga erishdi. Hamyurtimiz Eldor Shomurodov 70 daqiqa harakat qilib, o‘z hisobiga gol va golli uzatma yozdirib qo‘yishga ulgurdi. 
 
Milliy terma jamoamiz sardoriningning mazkur bellashuvdagi statistikasi bilan tanishing. 
 
Darvozaga yo‘llangan aniq zarbalar - 1 
Bloklangan zarbalari - 3 
Dribling urinishlari – 3/1 
To‘pga teginishlar soni - 49 
Uzatmalar aniqligi - 20/30 (67%) 
Keskin uzatmalar - 1 
Uzoq masofaga uzatmalar – 1/0 
Yakkakurashlar – 8/5 
Ikkinchi qavatdagi kurashlar - 2/1 
To‘pni yo‘qotishlar – 17 
Qoida buzarliklari – 0 
Unga nisbatan qoida buzilishi – 1 
To‘p tortib olish – 3 
Dribling bilan aldangan holatlar - 0 

Shomurodovning ushbu harakatlari mashhur "Sofascore" portal 8.1 ballga loyiq ko‘rdi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, Klaudio Raneri boshchiligidagi rimliklar navbatdagi uchrashuvini 2 mart kuni "Komo"ga qarshi o‘tkazadi. Mazkur to‘qnashuv Toshkent vaqti bilan 22:00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!