Morata Pirloning ishonchini qozana olmadimi?

  • 22.11.2020 15:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Yuventus” rahbariyati “Atletiko”dan ijaraga olingan Alvaro Moratani sotib olishga shoshilmaydi.

Klublar o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra,  turinliklar mavsum oxirida ispaniyalik hujumchining transferini 31 million evroga to‘liq sotib olish huquqiga ega. Garchi Morata zo‘r o‘ynayotgan bo‘lsa-da, “Yuventus” uni sotib olmaydi. Turinliklar yana 10 million evro to‘lab, hujumchini kelasi mavsum ham ijarada o‘ynatmoqchi.

Morata “Yuventus”ga ko‘chib o‘tganidan beri barcha turnirlar sakkizta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasini olti marta ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga ikkita golli pas oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!