Morata qishda "Chelsi"ni tark etmoqchi
“Chelsi” klubi hujumchisi Alvaro Morata qishki transferlar mavsumida jamoani tark etmoqchi. Bunga uning klubda asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotgani sabab bo‘lmoqda. Londonliklar ustozi Mauritsio Sarri ispaniyalik futbolchidan ko‘ra, Olive Jiruni hujumda sinab ko‘rishni afzal bilmoqda.
Avvalroq 25 yoshli futbolchining xizmatlariga “Milan”, “Yuventus” va “Vest Xema” klublari qiziqish bildirayotgani aytilgan edi.
Fikrlar