
Morata Ronaldu haqida gapirdi
"Yuventus" hujumchisi Alvaro Morata portugaliyalik jamoadoshi Krishtianu Ronaldu haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“U istalgan daqiqada gol ura oladigan etakchi o‘yinchi. Uning gollari bizni sovrinlarga yaqinlashtiradi. U shaxsiy ko‘rsatkichlari uchun emas, balki g‘alaba qozonish uchun qo‘lidan kelgan hamma narsani qiladi. Krishtianuning ham xuddi Rafa Nadal singari asabi po‘latdan. Buning uchun Ronalduga qoyil qolish mumkin. U bilan o‘ynash menga juda yoqadi”, - dedi ispaniyalik futbolchi.
36 yoshli Ronaldu joriy mavsum “Yuventus” safida jami 44 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 36 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning turinliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozigacha imzolangan.
Allegri jamoa boshqaruviga qaytganidan so‘ng, Ronalduning “Yuventus”dan ketishi haqida juda ko‘p mish-mishlar tarqaldi.
Fikrlar