Moskvaning "Lokomotiv" klubiga o‘tgan Jasur Jaloliddinov Rossiyaning boshqa jamoasida o‘ynashi mumkin

  • 7 oktabr, 2020, 16:34
  • Bekzod Isayev
  • 4
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Shu yili yozda "Bunyodkor" klubi yarim himoyachisi Jasur Jaloliddinov Moskvaning "Lokomotiv" klubiga ko‘chib o‘tgandi. Lekin hamyurtimiz yangi jamoasiga "sig‘mayapti". "Lokomotiv" Jaloliddinovni ijaraga berib yubormoqchi edi. Jumladan, "Bunyodkor"ga.

Futbolchining agenti Yuriy Belous g‘azabda va u transfer oynasi yopilgani uchun bu amalga oshmasligini aytdi.

Jasurning kelajagi borasidagi barcha savollar "Lokomotiv"ga berilishi kerak. Klub bunga izoh bersin. U jamoa o‘yinchisi, shartnomasi bor, maosh oladi. Jaloliddinov asosiy jamoa bilan shug‘ullanmoqda, ammo qaydnomaga kiritilmagan. "Lokomotiv" bu borada qanday qaror qabul qilishini bilmayman.

Jasur endi O‘zbekistonga keta olmaydi. Transfer oynasi yopildi. Faqat Rossiya haqida gapirish mumkin. Masalan, biror-bir klub uni ijaraga olishi mumkin, - deya Belousning so‘zlaridan iqtibos keltirdi RB-Sport.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Liverpool fan
07/10/2020 20:27
Ростовга берсин яхши болади
Элдордан кейин ростовга урганиб колудик
&
Zzzzttt
03/01/2021 19:43
Бу гапизам тогри ростовда уйнаб кетиш эхтимоли купрок аммо унгаям вахт керак элдорам брданига уйнаб кетмаган
&
Окаси
07/10/2020 16:59
Шошилган қиз .... ёлчимайди. Кимларнинг чўнтаги қаппайди, холос. Лекин, болапақирнинг ўзи ҳам, унга васийларнинг ҳам ва ота-онасининг ҳам чуқурроқ ўйлаши талаб этиларди. Буни эса, улар қилмадилар! Энди омад тилаб, хатоларидан хулоса чиқарашини истаб қолардик. Чунки, иқтидор порлаши керак, муддат сайин, сўниб бориши эмас!!!
&
Zzzzttt
03/01/2021 19:46
Маколани яни бирмарта укигин яхшилаб,шартномаси бор бола локомативда маош олябди, сен кот абрамовга осиливолгансан аслида абрамов роса с... кетган сени