Motta A Seriya klubi bosh murabbiyi bo‘lishga asosiy nomzod. Ammo...

  • 21 oktabr, 2019, 17:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Italiyalik mashhur yarim himoyachi Tiago Motta “Jenoa” klubi bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzod sifatida e’tirof etilmoqda. Bu haqda Sky Sport Italia jurnalisti Janluka Di Martsio xabar tarqatmoqda.

Genuyaliklar prezidenti Enriko Pretsiozi jamoaning sobiq futbolchisini hisoblangan Mottaga ishonch bildirmoqchi.

Biroq, Motta murabbiylik kurslarini hali to‘liq tamomlagani yo‘q. U kerakli litsenziyani 2020 yilning iyunida qo‘lga kiritadi. Unga qadar Tiago klubda bosh murabbiy lavozimiga tayinlana olmaydi. Aynan mana shu sabab ham hozircha “Jenoa” rahbariyati uchun muammo bo‘lib turibdi.

Ma’lumot uchun, Motta 2008-2009 yillarda "Jenoa" sharafini himoya qilgan.

Eslatib o‘tamiz, “Jenoa”ni ayni damda Aurelio Andreatstsoli boshqarib bormoqda. Genuyaliklar A Seriyaning ortda qolgan 8 ta turidan so‘ng 5 ochko bilan 19-pog‘onada borishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!