Mourinьo Ispaniya terma jamoasi futbolchisi transferiga ruxsat berdi

  • 18.08.2026 15:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Real» yangi mavsum oldidan tarkibini kuchaytirish ustida ish olib bormoqda. Mundo Deportivo nashrining TeamTalk manbasiga tayanib xabar berishicha, madridliklar bosh murabbiyi Joze Mourinyo yarim himoyachi Martin Subimendi transferiga rozilik bergan.

Manbaga ko‘ra, «Arsenal» 27 yoshli futbolchini munosib taklif tushgan taqdirda sotishga tayyor. London klubi rahbariyati Subimendi uchun yuqori miqdordagi mablag‘ taklif etilsa, muzokara stoliniga o‘tirishga qarshi emas.

Martin Subimendi «Arsenal» tarkibida 58ta rasmiy o‘yin o‘tkazgan. U shu vaqt mobaynida olti marta raqib darvozasini ishg‘ol etgan va uchta golli uzatma muallifiga aylangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, yarim himoyachining bozor qiymati 75 million yevro atrofida baholanmoqda.

Joriy yozda Subimendi Ispaniya terma jamoasi tarkibida jahon chempioniga aylandi, bu esa unga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirgani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!