Mourin'yo «Barselona»ning g'alabali seriyasi haqida: "Chempionat — marafon, bu tezlik poygasi emas"
Madridning «Real» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourinyo jurnalistlar bilan suhbatda «Barselona»ning g‘alabali seriyasi haqida fikr bildirdi. Ma’lumki, kataloniyaliklar yangi mavsum La Liganing dastlabki yetti uchrashuvida maydonni g‘alaba bilan tark etdi.
.
Mourinyo klub matbuot xizmatiga bergan izohida ta’kidlashicha, tarixan «Real» o‘zini hech kim bilan solishtirmasligi kerak. Portugaliyalik mutaxassisning aytishicha, so‘nggi paytlarda «qirollik klubi» haqida ijobiy gaplar eshitish unga tobora qiyinlashib bormoqda.
«Biz muammolarimizni yaxshi bilamiz va ularni hal etish ustida ishlashda davom etyapmiz. Faqat hammaning yodiga solmoqchiman: chempionat — marafon, bu tezlik poygasi emas» — deya qo‘shimcha qildi Mourinyo.
Eslatib o‘tamiz, hozirgi paytda «Barselona» milliy chempionat jadvalida yakka yetakchilik qilmoqda. «Real» esa shu kunga qadar olti o‘yin o‘tkazib, jami 15 ochko to‘plagan.

Fikrlar