Mourin'yo "Inter"ga raqobat qila oladigan yagona jamoa nomini aytdi

  • 09.09.2026 17:18
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo Chempionlar ligasidagi debut uchrashuvidan so‘ng «Inter» haqida fikr bildirdi. Madrid klubi guruh bosqichi birinchi turida «nerdzurri»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

«Hozircha Italiyadagi eng kuchli jamoa aynan shu. Faqat «Roma»nigina «Inter»ga yaqinlasha oladigan, ehtimol, qandaydir katta ish qila oladigan jamoa sifatida ko‘ryapman. 

Kivu jamoa bilan hali uncha ko‘p ishlamagan, lekin bu unga katta yutuqlarga erishishga to‘sqinlik qilmayapti. Men ham bu yerda yaqinda ish boshladim. Bu faqat mening ishining boshlanishi, oldinda hali juda ko‘p ishlar turibdi», – deya Mourinyuning matbuot anjumanidagi so‘zlarini AS nashri keltiradi.

Chempionlar ligasining ikkinchi turida «Real» mehmon sifatida «Roma» maydoniga tashrif buyuradi. Uchrashuv 14 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!