Mourin'yo "Real" bo‘yicha yakuniy qaror keldi
«Real Madrid» yaqin kunlarda yangi mavsumdagi ilk uchrashuvini o‘tkazadi. Madridliklar so‘nggi nazorat bahsida «Shalke 04»ni yirik hisobda mag‘lub etdi — 3:0. Endi esa 22 avgust kuni «qirollik klubi» Ispaniya chempionati birinchi turi doirasida safarda «Espan’ol»ga qarshi maydonga tushadi.
Diario AS nashri yozishicha, jamoaning yangi bosh murabbiyi Joze Mourin’yu taktik sxema masalasida o‘z tanlovini amalan aniqlab bo‘ldi. Portugaliyalik mutaxassis 4-2-3-1 tizimiga tayanishni rejalashtirmoqda. Bu esa bir vaqtning o‘zida Vinisius Juniyor, Kilian Mbappe, Yan Diomande va Jud Bellingemni asosiy tarkibda maydonga tushirish imkonini beradi.
Manbaga ko‘ra, Mourin’yu Bernardu Silva bilan ham faol tarzda turli taktik variantlarni sinab ko‘rmoqda. «Manchester Siti»ning sobiq sardori bir o‘yin doirasida bir necha bor pozitsiyasini almashtirishi mumkin: u ham o‘ng markaziy yarim himoyachi sifatida, ham hujumchi ortida harakat qilishi ko‘zda tutilmoqda.

Fikrlar