Mourin'yo "Real" tarkibida faqat bitta o'zgarishni rejalashtirmoqda

  • 26.08.2026 10:09
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Real» (Madrid) La Liga doirasidagi navbatdagi oʻyinga hozirlik koʻrmoqda. Jamoa chorshanba kuni «Real Sosyedad»ga qarshi maydonga tushadi.

Diario AS nashri xabariga koʻra, «Qirollik klubi» bosh murabbiyi Joze Mourinyo tarkibda katta oʻzgarishlar qilishni rejalashtirayotgani yoʻq. Uning rejasiga binoan, «Espanyol»ga qarshi oʻtgan oʻyindagi asosiy tarkib deyarli saqlanib qoladi. Faqat bitta pozitsiyada almashinuv kutilmoqda: himoyaning chap flangidagi Alvaro Karreras oʻrnini yangi futbolchi Mark Kukurelya egallashi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, madridliklar soʻnggi turda «Espanyol» ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qoʻzongan edi. Ushbu oʻyin taqdirini 90-daqiqada Karlos Espi urgan gol hal qilgan. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!