Asosiy mazmunga oʻtish

Mourinyo: Agar Kurtuani eng zo‘ri desam, ikki daqiqada boshqasi qo‘ng‘iroq qiladi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Joze kim zo‘rligini aytmadi

"Real" bosh murabbiyi Joze Mourin'yo matbuot anjumanida unga berilayotgan eng ko'p savollardan biriga – "Tibo Kurtua u boshqargan jamoalardagi eng yaxshi darvozabonmi, yo'qmi?," – degan mavzuda fikr bildirdi.

- Men hech qachon bunday gap aytmaganman. Umuman olganda, futbolchilarimni shunday tarzda taqqoslab, baholashni yoqtirmayman. Ko'pincha mendan murabbiylik faoliyatim davomida tuzishim mumkin bo'lgan eng yaxshi asosiy tarkibni so'rashadi. 

Bir narsani ayta olaman: Kurtua mening jamoamga kelganida taxminan 20 yoshda edi. Shunga qaramay, u asosiy tarkibda o'ynay boshladi, garchi tarkibda APL tarixidagi eng yaxshi darvozabon hisoblangan Petr Chex ham bor edi. Biz Angliya chempionligini aynan Kurtua darvozani qo'riqlagan mavsumda qo'lga kiritdik, Chex esa – hammadan kuchli bo'lishiga qaramay – asosan kubok bahslarida maydonga tushardi.

Lekin agar men hozir Kurtua eng yaxshisi desam, ikki daqiqa o'tib Julio Sezar telefon qilib qoladi: "Ha, demak, sen uchun eng yaxshisi Kurtua-mi? U holda men bilan birga yutib olgan Chempionlar Ligasi qaerda qoladi?" deb so'raydi. Albatta qo'ng'iroq qiladi, buni tasavvur qilish qiyin emas, – dedi Mourin'yo kulimsirab.

Eslatib o'tamiz, "Real" chorshanba kuni Chempionlar Ligasi bahsida "RB Leyptsig" ustidan 4:1 hisobida g'alaba qozondi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q