
Mourino “Barsa” futbolchisining fikrini o‘zgartirdi
“Barselona” hujumchisi Memfis Depay yaqinda shartnomasi tugamagunicha Kataloniyadan ketmasligini ma’lum qilgan edi.
Biroq, Joze Mourino tomonidan bo‘layotgan qiziqish niderlandiyalik hujumchini o‘z fikridan qaytishiga ta’sir o‘tkazdi.
Depay qishki transferlar vaqtida “Barselona”ni tark etishga tayyor. Hozircha, kataloniyaliklar unga munosib o‘rinbosar topish qiyinligini inobatga olib, hujumchini qo‘yib yuborishga shoshilmayapti.
Shunga qaramay, kataloniyaliklar yozda Memfis erkin agent sifatida tekinga qo‘ldan chiqmasligi uchun futbolchi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishiga to‘g‘ri kelishi aytilmoqda.
Fikrlar