Mourino «Barsa»dan hujumda ham o‘ynay oladigan futbolchi olib kelmoqchi
«Roma» bosh murabbiyi Joze Mourino «Barselona» himoyachisi Serjino Destni jamoa safiga qo‘shib olmoqchi, deb xabar beradi ESPN.
«Ko‘k-anorranglilar» amerikalik futbolchini sotuvga qo‘ydi va «bo‘rilar» bundan unumli foydalanmoqchi. Transfermarkt portali Serjinoni 30 million evroga baholagan.
21 yoshli himoyachi Kataloniya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Dest joriy mavsum La Liga doirasida 12 ta o‘yin o‘tkazdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar